» » Pokistondagi maqbarada sodir bo‘lgan terakt natijasida 50 kishi halok bo‘ldi

Pokistondagi maqbarada sodir bo‘lgan terakt natijasida 50 kishi halok bo‘ldi


Pokistonning Sahvon-Sharif shahridagi La’l Shahboz Qalandar maqbara-majmuasi hududida terrorchilik harakati yuz berdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

Terakt natijasida kamida 50 kishi halok bo‘lib, 100 kishi jabrlangani ma’lum qilindi.

Portlash kechki payt, La’l Shahboz Qalandar maqbarasida ko‘plab taqvodorlar so‘fiylik odatlari amalga oshirilayotgan vaqtda sodir bo‘lgan.

Politsiyaning qayd etishicha, xudkush-terrorchi portlovchi moslamani olomon ichida ishga tushirgan.

Jabrlanganlar harbiy vertolyotlarda evakuatsiya qilinmoqda. Voqea sodir bo‘lgan joyga tez tibbiy yordam xodimlari va qutqaruvchilar yetib kelgan.

Reuters agentligi terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olganini ma’lum qildi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-02-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют