» » Shavkat Mirziyoyev Londondagi terakt munosabati bilan Tereza Meyga ta’ziya bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Londondagi terakt munosabati bilan Tereza Meyga ta’ziya bildirdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi bosh vaziri Tereza Meyga London shahrida sodir etilgan terrorchilik xuruji oqibatida insonlar nobud bo‘lgani munosabati bilan samimiy ta’ziya izhor etdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazishni so‘radi hamda barcha jarohat olganlarning tez orada sog‘ayishini tiladi.

Eslatib o‘tamiz, 22-mart, chorshanba kuni Londondagi parlament binosi oldida terrorchilik sodir etilgan hujum uchun javobgarlikni IShID terrorchilik tashkiloti o‘z zimmasiga oldi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-03-2017, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют