» » IShID Londondagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

IShID Londondagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi


IShID terrorchilik tashkiloti Londonda 22-mart, payshanba kuni yuz bergan terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Meduza’ning yozishicha, hodisa oqibatida to‘rt kishi (jumladan, terrorchining o‘zi) halok bo‘lgan va bir necha kishi tan jarohati olgan.

Bu haqdagi tegishli bayonot terrorchilarga yaqinroq hisoblangan Amaq axborot agentligi tomonidan tarqatilgan, deya xabar bermoqda Associated Press agentligi. Xabarda ismi hozircha oshkor qilinmayotgan hujum qilgan shaxs “IShID askari” deb atalgan.

22-mart kuni kunduzi Londondagi Buyuk Britaniya parlamenti binosi yaqinida bir necha kishini mashina bilan urib o‘tdi, so‘ng politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi. Oqibatda to‘rt kishi (jumladan, terrorchining o‘zi) halok bo‘ldi, 30 ga yaqin kishi jabrlandi, yetti kishining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

Hujum qilgan shaxs politsiya tomonidan otib o‘ldirilgan. Britaniya huquqni muhofaza qilish organlari uning ismini oshkor qilmadi. Bosh vazir Tereza Meyning so‘zlariga ko‘ra, u Buyuk Britaniya fuqarosi edi va ekstremizmga aloqadorlik gumoni ostida maxsus xizmatlar tomonidan kuzatib borilgan.

Teraktdan so‘ng yetti kishi hibsga olindi. Ularning hodisaga qanchalik aloqadorligi borasida aniq ma’lumotlar yo‘q.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-03-2017, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 154) ( 0) ( 152) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют