» » Londondagi terakt oqibatida politsiyachi halok bo‘ldi

Londondagi terakt oqibatida politsiyachi halok bo‘ldi


Londonda terrorchi pichoq bilan hujum qilgan politsiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda, The Guardian’ga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.

22-mart kuni Londonda avtomobil Vestminster ko‘prigida bir necha kishini urib ketdi. Shundan so‘ng erkak (taxminlarga ko‘ra, shu mashina haydovchisi) parlament binosi oldida politsiyachiga hujum qildi. To‘qnashuv vaqtida uch politsiyachi jabrlandi. Hujum qilgan shaxs otib o‘ldirildi.

OAV Londondagi terakt oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi. Ulardan biri ayol ekani ma’lum; u ko‘prikda halok bo‘lgan. Ikkinchi qurbon kimligi ma’lum qilinmagan. Qurbonlarning jami soni ham aniq emas.

Terakt oqibatida kamida ko‘prikning o‘zida kamida 10 kishi jabrlangan. Fransiya nashrlari ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanuvchilar orasida fransiyalik uch o‘quvchi ham bor.

Mavzuga doir: Londondagi terakt. Fotoreportaj

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-03-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют