» » Andijon hokimi Shuhratbek Abdurahmonov 15 ming so‘mga talabalar oshxonasida tushlik qildi

Andijon hokimi Shuhratbek Abdurahmonov 15 ming so‘mga talabalar oshxonasida tushlik qildi


Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov talabalar bilan birga tushlik qildi. Bu haqda Andijon viloyati matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Hokim Shuhratbek Abdurahmonov yo‘l-yo‘lakay talabalar bilan suhbatlashish niyatida Andijon davlat universitetiga tashrif buyurgan.

Muloqotda viloyat rahbari talabalarni chuqur bilim egallashga va 22-dekabrda o‘tkaziladigan parlament saylovlarida faol ishtirok etishga chaqirgan.

Hokim uchrashuvdan so‘ng talabalar oshxonasiga ham kirgan. Ovqat uchun navbat turib, 15 ming so‘mga bifshteks va non olib, talabalar bilan bir dasturxon atrofida suhbatni davom ettirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-11-2019, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют