» » Toshkentdan Andijonga borib, propiska ololmagan ayol viloyat hokimiga murojaat qildi

Toshkentdan Andijonga borib, propiska ololmagan ayol viloyat hokimiga murojaat qildi


Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov shahar Xalq qabulxonasida murojaat bilan tashrif buyurgan aholi vakillarini qabul qildi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligining axborot xizmati.

Uchrashuvda viloyatdagi tashkilot va muassasalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ham ishtirok etdi. Muloqotlarda kundalik hayotiy muammolar, hal etilishi zarur bo‘lgan masalalar e’tibor markazida bo‘ldi.

Jumladan, Andijonga Toshkent shahridan ko‘chib kelgan hududdagi 24-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Po‘latoy Xonkeldiyeva ro‘yxatga qo‘yish bilan bog‘liq masala bilan murojaat qildi:

“O‘z nomimga uy-joy xarid qila olmaganim uchun ro‘yxatga qo‘yishda qiyinchilikka duch keldim, — dedi o‘qituvchi. — Viloyat hokimi ipoteka krediti asosida kvartira xarid qilishim va ro‘yxatga qo‘yish bilan bog‘liq muammolarni belgilangan muddatlarda hal etish bo‘yicha mas’ul rahbarlarga topshiriq berdi. Murojaatim e’tiborsiz qolmaganligidan minnatdorman”.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-04-2017, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют