» » Buxoro hokimligiga uch oyda 1755 ta murojaat kelib tushdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 292 foizga ko‘p

Buxoro hokimligiga uch oyda 1755 ta murojaat kelib tushdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 292 foizga ko‘p


Buxoro viloyat hokimligiga 2017-yilning birinchi choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslar 1755 ta ariza, shikoyat va takliflar bilan murojaat qilgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etishlaricha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1156 ta (yoki 292 foiz)ga ko‘p.

Hokim hamda hokim o‘rinbosarlari tomonidan 476 nafar jismoniy va yuridik shaxs qabul qilinib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 310 ta (yoki 286 foiz)ga ko‘p.

O‘zbekiston Prezidenti Virtual qabulxonasida joriy yil birinchi choragida Buxoro viloyati bo‘yicha jami 5337 ta murojaat ro‘yxatga olingan.

Mazkur murojaatlarning 3149 tasiga javob berilgan, 91 tasi qanoatlantirilgan, 2974 tasiga esa tushuntirish berilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-04-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют