» » Estoniya prezidenti Zelenskiyga velosiped sovg‘a qildi. “Sluga naroda” qahramonida ham xuddi shunday velosiped bo‘lgan

Estoniya prezidenti Zelenskiyga velosiped sovg‘a qildi. “Sluga naroda” qahramonida ham xuddi shunday velosiped bo‘lgan


Tallindagi uchrashuv paytida Estoniya prezidenti Kersti Kalyuland Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga asal solingan idish va velosiped sovg‘a qildi, deb yozmoqda Meduza.

Velosiped ramasida Estoniya va Ukraina bayroqlarining suratlari hamda ingliz tilida “Ukraina prezidenti, Janobi Oliylari Vladimir Zelenskiyga” yozuvi bosilgan.

Ushbu sovg‘a “Sluga naroda” (Xalq xizmatkori) serialiga ishoradir. Unda bosh qahramon Ukraina prezidenti Vasiliy Goloborodko ishga velosipedda borgan.

Saylov kampaniyasi davomida Zelenskiy ishga velosipedda qatnashga va’da bergandi. Ammo avgust oyi oxirlarida Ukraina prezidenti xavfsizlik nuqtayi nazaridan unga bunday qilish taqiqlanganini aytgan.

Mavzuga doir: Zelenskiy g‘alabaning 75 yilligini nishonlash uchun Moskvaga taklif etilishi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-11-2019, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют