» » Qashqadaryoda 2 kun ichida 9 kishi is gazidan zaharlandi

Qashqadaryoda 2 kun ichida 9 kishi is gazidan zaharlandi


Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga joriy yil 25-noyabr kuni tungi soat 02:40 da bir oilaning 5 nafar a’zosi is gazidan zaharlangan holda keltirildi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Qayd etilishicha, Qarshi shahri “Kat” mahallasidan 37 yoshli Sh.T., 32 yoshli G.X., 13 yoshli Sh.N., 11 yoshli Sh.N. va 4 yoshli E.N. xonadonda ko‘mir yoqish natijasida is gazidan o‘rta og‘ir darajada zaharlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, xonadon sohibining kechqurun ko‘mir cho‘g‘ida kabob tayyorlagani va qolgan cho‘g‘ni uyga olib kirib qo‘yganligi mazkur noxush hodisaga sabab bo‘lgani aytilmoqda. Ayni paytda bemorlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Shuningdek, 26-noyabr, seshanba kuni taxminan soat 22:00 larda Qarshi tumani Parg‘uza qishlog‘ida yashovchi Sh.B. xonadonida to‘rt kishi is gazidan zaharlanganligi qayd etildi.

Aniqlanishicha, ushbu noxush hodisaga tandirda yoqilgan o‘tin cho‘g‘i uyga olib kirilganligi sabab bo‘lgan.

Mazkur oiladan xonadon sohibi, 45 yoshli Sh.B. yengil zaharlangan, unga ambulator yordam ko‘rsatilgan. Oilaning boshqa a’zolari 41 yoshli T.V., 17 yoshli J.T., 9 yoshli Sh.T. is gazidan o‘tkir zaharlanish o‘rta og‘ir darajasi tashxisi bilan respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialiga yotqizilgan.

Bemorlarga tajribali shifokorlar tomonidan malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Avvalroq Andijon va Toshkent viloyatlarida bir kunda olti kishining is gazidan zaharlangani haqida xabar berilgan edi. Ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi fuqarolarni isitish moslamalaridan foydalanishda hushyor bo‘lishga chaqirdi.

Mavzuga doir:

Andijon va Toshkent viloyatlarida bir kunda 6 kishi is gazidan zaharlandi

Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi fuqarolarni isitish moslamalaridan foydalanishda hushyor bo‘lishga chaqirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-11-2019, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют