» » O‘zbekistonda moddiy madaniy meros obyektlarini muhofazalash maqsadida jamoatchi inspektorlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekistonda moddiy madaniy meros obyektlarini muhofazalash maqsadida jamoatchi inspektorlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi


Qonunchilik palatasining 26-noyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan majlisida qonun loyihalari bilan birga, quyi palata tomonidan yuborilgan bir qator parlament so‘rovlariga vazirliklardan kelgan javoblar ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

Palata matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayevga yuborilgan “Respublikamizdagi mavjud moddiy madaniy meros obyektlarini tiklash, saqlash hamda muhofaza qilish maqsadlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlaridan ajratilayotgan mablag‘lardan samarali foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi parlament so‘rovi yuzasidan taqdim etilgan javob har tomonlama muhokama etilgan.

2018-yilda moddiy madaniy meros obyektlarini ta’mirlash-tiklash ishlarini olib borish uchun respublika budjeti hisobidan 47,5 milliard so‘m ajratilgan va maqsadli sarflangan.

Andijon viloyatidagi Jome me’moriy majmuasi, Ark ichi madrasasi (Zahiriddin Muhammad Bobur uy-muzeyi), Xovuskon ota ziyoratgohi, Buxoro viloyatidagi Chor Bakr majmuasi, Abduxoliq G‘ijduvoniy maqbarasi, Qashqadaryo viloyatidagi Bahovuddin Naqshbandiy, Imom Muyin an-Nasafiy, Husan ota majmualari, Mahmud ibn Aminboy uyi, Shahrisabz qal’a devori hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Dovud ota majmuasi, Fil qal’a devori, Qizil qal’a qo‘rg‘oni, Hakim ota (Sulaymon Baqirg‘oniy) maqbarasi, Buraxon ota maqbarasi, Katta Guldursun arxeologik obyektlarida ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshirilgan.

Shuningdek, Samarqand viloyatidagi Bibixonim masjidi, Hazrati Xizr, Xo‘ja Ahror Valiy majmualari, Xo‘ja Zudmurud masjidi, Buxoro yaxudiylari qabristoni (Afrosiyob qal’a devori), Xo‘ja Safoy Valiy jome masjidi, Nodir Devonbegi, Usmatboy, Sherdor madrasalari, Surxondaryo viloyatidagi Said otaliq, Sulton Saodat majmualari, Jarqo‘rg‘on minorasi, Qirq qiz qal’asi, Qoratepa, Kampirtepa qal’asi kabi arxeologik yodgorliklarida ham bunyodkorlik ishlari olib borilgan.

2019-yil 4-iyun kuni Madaniyat vazirligi hamda Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi bilan “Moddiy madaniy meros obyektlariga jamoatchi inspektorlarning faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori imzolandi.

Mazkur qo‘shma qaror bilan moddiy madaniy meros obyektlarini asrash, saqlash va uni kelajak avlodga yetkazish maqsadida mahalliy faollardan jamoatchi inspektorlarni biriktirish ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunda 2563 nafar jamoatchi inspektor biriktirilgan bo‘lib, ular bilan moddiy madaniy meros obyektlariga “muhofaza” shartnomalari imzolanib, inspektorlarga guvohnomalar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-11-2019, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют