» » “Nasaf” klubi ustozining akasi Mahmayusuf Berdiyev yosh futbolchilar uchun yozilgan “Orzu” nomli kitobi taqdimotini o‘tkazdi

“Nasaf” klubi ustozining akasi Mahmayusuf Berdiyev yosh futbolchilar uchun yozilgan “Orzu” nomli kitobi taqdimotini o‘tkazdi


Qarshi shahrida Mahmayusuf Berdiyevning “Orzu” nomli kitobi nashrdan chiqdi. Uning taqdimoti “Nasaf” futbol klubi stadionida bo‘lib o‘tdi.

Kitob nafaqat futbol muxlislari, balki futbolchilarning o‘zi uchun ham qo‘llanma vazifasini o‘tashi mumkin. Buni kitobga taqriz yozgan o‘zbekistonlik futbol professori Rustam Akromov ham ta’kidlab o‘tgan.

Mahmayusuf Berdiyevning “Orzu” nomli bu “sehrli” kitobini taajjub bilan o‘qib chiqdim. Avvalo, ushbu kitobni ma’lumoti bo‘yicha fizik-matematik, sobiq futbolchi va murabbiy yozganligi uchun ham kitob menda katta qiziqish uyg‘otdi. Ikkinchidan, kitob muallifi futbol olamida mashhur bo‘lgan sulola — Berdiyevlar oilasidan ekanligi qiziqishimni ikki hissa oshirdi. Uchinchidan esa bu oilada qanchalar iqtidorlar kamol topganiga amin bo‘ldim.

Rustam Akromov, futbol professori

Rustam Akromovning “Yangi ‘yulduzlar’ni kutib” deya nomlar taqrizida shunday so‘zlarni ham uchratish mumkin:

Agar siz “Yulduz” bo‘lishni hoxlasangiz, agar sizda milliarder bo‘lish niyati bo‘lsa, mening aziz va yosh hamkasblarim, bu kitobni o‘qib chiqishga shoshiling, uning har bir bobiga singib keting. Uning ichida siz inson ruhiy va jismoniy holatiga oid mavzularga guvoh bo‘lasiz. Yuksak falsaviy yondoshuv bilan rivojlanish imkoniyatlari va iqtidorni yuzaga chiqarish, shuningdek, professional o‘sishning beqiyos imkoniyatlari, o‘zini shaxs sifatida kashf qilish, katta orzuga erishish yo‘llarini bilib olasiz. Qanday qilib o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish, orzuga erishish yo‘lida qanday oraliq va asosiy maqsadlarni qo‘yish, qaysi yo‘l bilan ishonchsizlik va qo‘rqoqlik kabi illatlardan halos bo‘lish masalasida yetarli bilimga ega bo‘lasiz. “Orzu” kitobi har bir o‘zbek xonadonida stol kitobi bo‘lib qolishiga ishonaman.

Rustam Akromov, futbol professori

“Nasaf” matbuot xizmati xabariga ko‘ra, taqdimot marosimida “Sho‘rtan” va “Mash’al” klublari rahbarlari, Qashqadaryo viloyat futbol federatsiyasi vitse-prezidenti qatorida futbol muxlislari, sport jurnalistlari hamda yaqin o‘tmishning mashhur futbolchilari ham ishtirok etgan.

Ma’lumot uchun, Mahmayusuf Berdiyev “Nasaf” futbol klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyevning akasidir. Muallifning tan olib aytishicha, kitob nashrdan chiqishida ukasi katta yordam bergan.

Опубликовано: admin (5-04-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют