» » “Roma” Italiya kubogi finaliga chiqa olmadi. Bugun “Napoli” — “Yuventus” o‘yini bor

“Roma” Italiya kubogi finaliga chiqa olmadi. Bugun “Napoli” — “Yuventus” o‘yini bor


Futbol bo‘yicha Italiya kubogining birinchi finalchisi nomi aniq bo‘ldi.

A seriya chempionligi uchun kurashni davom ettirayotgan “Roma”dan ikki o‘yin natijasiga ko‘ra ustun kelgan “Latsio” hal qiluvchi o‘yinda to‘p suradi.

Rim derbisining birinchisida “Latsio” 2:0 hisobida zafar quchgandi. Javob o‘yini “Roma”ning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi va Luchanno Spaletti jamoasi kubok uchun kurashdan chiqib ketdi. Avvaroq “Roma” Yevropa ligasida “Lion” dovonidan o‘ta olmagandi.

Bugun — 5-aprel kuni “Yuventus” Neapolda “Napoli” mehmoni bo‘ladi va finalning ikkinchi ishtirokchisi bo‘lishga urinib ko‘radi. Tomonlarning Turinda o‘tgan o‘yinida mezbonlar 3:1 hisobida muvaffaqiyat qozongan, gollarning ikkitasi penaltidan urilgandi.

Ma’lumot uchun, “Napoli” va “Yuventus” Italiya A seriyasining so‘nggi turida to‘qnash kelib, 1:1 hisobida durang o‘ynagandi.

Italiya kubogi
Yarim final
4-aprel, seshanba

Gollar: Sergey Milinko-Savich, 37 (0:1). Stefan El-Shaaravi, 43 (1:1). Chiro Immobile, 56 (1:2). Muhammad Saloh, 66 (2:2). Muhammad Saloh, 90 (3:2).
Dastlabki o‘yin — 0:2

5-aprel, chorshanba
“Napoli” — “Yuventus”
Dastlabki o‘yin — 1:3

Опубликовано: admin (5-04-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют