“Yuventus” Italiya kubogida “Napoli”ni “Real Madrid” uslubida mag‘lub etdi
Futbol bo‘yicha Italiya kubogining finaliga yo‘l olish uchun Neapolning “Napoli” klubi “Yuventus” dovonidan o‘tishi kerak edi. Biroq birinchi uchrashuvdan keyin Mauritsio Sarri boshchilik qilayotgan ahvolini qiyinlashtirib qo‘ydi.
Turinda kechgan o‘yinda hisob Xose Kalyexon tomonidan ochilgan bo‘lsa, ikkinchi 45 daqiqalikda “Yuventus”ning argentinalik ikki hujumchisi jami 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi — 3:1.
“Napoli” Yevropa Chempionlar ligasida ham deyarli shunday ahvolda qolib, Madridda “Real”dan 1:3 hisobida yengilgandi. O‘sha uchrashuv ssenariysida ham neapolliklar hisobni birinchi bo‘lib ochib bergandi.
“Napoli”ning “Yuventus”ga qarshi javob o‘yini 5-apral kuni bo‘lib o‘tadi va o‘sha uchrashuv finalchi nomiga oydinlik kiritadi.
Bugun — 1-mart kuni Italiya kubogi yarim finalining ikkinchi o‘yini ham bo‘lib o‘tadi. Rim derbisida “Latsio” hamda “Roma” klublari o‘zaro saf tortadi.
Italiya kubogi
Yarim final
28-fevral, seshanba
Gollar: Xose Kalyexon, 36 (0:1). Paulo Dibala, 47-pen (1:1). Gonsalo Iguain, 64 (2:1). Paulo Dibala, 69 (3:1).
1-mart, chorshanba
“Latsio” — “Roma”
Добавить комментарий!
