WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Bugun Chempionlar ligasi: “Real Madrid” — “Napoli” va “Bavariya” — “Arsenal”. UzReport Myunxenga e’tibor qaratadi
Bugun Chempionlar ligasi: “Real Madrid” — “Napoli” va “Bavariya” — “Arsenal”. UzReport Myunxenga e’tibor qaratadi
Bugun — 14-fevral kuni Yevropa Chempionlar ligasining nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan yana ikki uchrashuv bo‘lib o‘tadi. 1/8 finalning dastlabki ikki o‘yini natijasi bilan shu havolada tanishish mumkin.
Myunxenda “Bavariya” klubi London “Arsenal”ini qabul qilsa, Neapolning “Napoli” klubi Madridda “Real” mehmoni bo‘ladi. Har ikki uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16-fevralga o‘tar kechasi 00:45 da start oladi.
Yevropa Chempionlar ligasi o‘yinlarini O‘zbekiston hududida translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritgan UzReport ikki uchrashuvdan bittasini namoyish qiladi: “Bavariya” — “Arsenal”. Avvalroq “Futbol-TV” kanali ish boshlasa, mana shunday parallel uchrashuvlarning har ikkisi ham jonli ko‘rsatilishi aytib o‘tilgandi.
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Кто вы по знаку зодиака?