» » “Real Madrid” — “Napoli”. Prevyu

“Real Madrid” — “Napoli”. Prevyu


16-fevralga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 00:45 da Madridning “Real” klubi Chempionlar ligasining chorak finaliga yo‘l olish uchun Neapolning “Napoli” klubiga qarshi o‘yinda maydonga tushadi.

“Real Madrid”: Navas — Karvaxal, Ramos, Varan, Marselo, Kroos, Kazemiro, Modrich, Vaskes, Benzema, Ronaldu.

“Napoli”: Reyna, Xyusay, Kulibali, Albiol, Gulyam, Zelinski, Diavara, Hamshik, Kalyexon, Mertens, Insinye.

Birinchi o‘yin o‘z maydonimizda o‘tadi va biz u orqali raqib umidlarini sindinishga harakat qilamiz.

“Napoli” yaxshi o‘ynamoqda. Sarri o‘z ishini puxta uddalayapti. Natijalar raqibning pishiqligini ko‘rsatadi. Demak bizni ajoyib futbol kutib turibdi.

Chempionlar ligasida yutishni hamma istaydi. Biroq bu bir kunda bo‘ladigan ish emas. Yaxshiki futbolchilarimiz jarohatlardan forig‘ bo‘lib olishdi.

Zinedin Zidan, “Real Madrid” bosh murabbiyi

Agar himoyada o‘ynasak yoki o‘zimizning har kungi futbolni namoyish qilsak, katta tavakkal qilgan bo‘lamiz. Biz o‘zimizga o‘xshashimiz kerak va bunda raqibning amaldagi chempion ekanini unutmasligimiz lozim. Biz qaysi jabhalarda dunyoning eng kuchli jamoasi bilan raqobatlasha olishimizni tushunishimiz talab etiladi. O‘yinning “Santyago Bernabeu”da o‘tishi ajoyib va biz buni yodda saqlaymiz.

Men qo‘rquvni hazm qila olmayman. Mendan ko‘pincha stadion haqida so‘rashadi. To‘g‘ri, u mehmonlar uchun qo‘rqinchli, biroq ko‘plab jamoalar bu yerda ajoyib futbol namoyish qila olgan. “Real”nig g‘alabalariga stadion emas, balki ajoyib jamoa sababchidir.

Biz safarlarda qiyin o‘yinlar o‘tkazdik, masalan, “Beshiktosh”ga qarshi. Jamoamiz endi uyda ham, safarda ham bir xilda yaxshi futbol ko‘rsata oladi. Biz qarshi hujumga tez o‘tamiz va o‘yinni nazorat qilib, maydonda turli noqulaychiliklar keltirib chiqaramiz.

Maurisio Sarri, “Napoli” bosh murabbiyi

Опубликовано: admin (15-02-2017, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют