» » “Barselona” ishtirok etadigan Ispaniya kubogining finali uchun “Real” “Santyago Bernabeu” stadionini bermaydi

“Barselona” ishtirok etadigan Ispaniya kubogining finali uchun “Real” “Santyago Bernabeu” stadionini bermaydi


Shu yilning 27-may kuni bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Ispaniya kubogining final uchrashuvi hozirdanoq keng muhokama etilmoqda.

Kataloniyaning “Barselona” klubi ketma-ket to‘rtinchi bor hal qiluvchi o‘yinga yetib keldi. 2014-yilning finalida “Qirollik klubi”i aynan “Barselona”ni taslim qilib, Qirol kubogini o‘ziniki qilib olgan olgandi. Shundan keyin “Real” finalga qadar yetib kela olmadi. Joriy mavsumda esa Zinedin Zidan jamoasi chorak finalda “Selta” dovonidan o‘ta olmadi.

“Barselona” Ispaniya kubogining so‘nggi ikki finalini “Santyago Bernabeu”da o‘tkazishni istagan bo‘lsa-da, biroq amalda bunday bo‘lmadi. 2015-yil bo‘lib o‘tgan “Atletik”ka qarshi finalga “Kamp Nou” mezbonlik qildi. 2016-yil esa Madridning “Atletiko” klubi o‘z stadionini “Sevilya” — “Barselona” (0:2) o‘yini uchun taqdim etdi.

2017-yilgi finalda Kataloniya klubi Vitoriya provinsiyasidan bo‘lgan “Alaves”ga qarshi saf tortadi. Hal qiluvchi o‘yinning qaysi stadionda o‘tishi keng muhokama etilmoqda.

“Sports.ru” nashrining xabar berishicha, “Alaves” finalning “San Mames”da o‘tishini istaydi. Bunga asosan 2 ta sabab ko‘rsatilgan. Birinchidan, “San Mames” Vitoriyadan bor-yo‘g‘i 62 kilometr uzoqlikda joylashgan. Ikkinchidan, uning egasi hisoblangan “Atletik” muxlislari finalda katta ehtimol bilan basklarga tegishli bo‘lgan “Alaves”ni qo‘llab-quvvatlaydi.

Muhokamalar davom etayotgan bir vaqtda “Real” prezidenti Flarentino Peres katta sahnaga chiqib, “Santyago Bernabeu” mavzusini yopishga harakat qildi.

Final “Santyago Bernabeu”da o‘tmaydi. Chunki may oyidan biz stadionda ta’mirlash ishlarini boshlaymiz. Shuning uchun muhokamaga o‘rin ham yo‘q.

Flarentino Peres, “Real Madrid” prezidenti

Опубликовано: admin (10-02-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 95) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют