» » O‘yinidagi pasayishga qaramay Benzemaning maoshini oshirayotgan “Real”ga tennischi Rafael Nadal prezident bo‘lishni istaydi

O‘yinidagi pasayishga qaramay Benzemaning maoshini oshirayotgan “Real”ga tennischi Rafael Nadal prezident bo‘lishni istaydi


Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal kelajakda “Qirollik klubi” prezidenti bo‘lish uning orzusi ekani haqida to‘xtalib o‘tdi.

Nimalar bo‘lishini oldindan bila olmaysan. Futbolni sevishimni, “Real” esa mening jamoam ekanini hamma biladi. Hozir mavridi bo‘lmasa ham aytishim kerakki, men klub prezidenti bo‘lishga yo‘q demagan bo‘lardim.

Nima bo‘lgan taqdirda ham hozir bizda a’lo darajadagi prezident bor va biz o‘z maqsadlarimiz sari odimlamoqdamiz. Bunda mening “Real”ga kerakli joyim bor deb o‘ylamayman.

Rafael Nadal, tennis yulduzi

Madrid superklubi o‘yinlaridagi pasayishga qaramay, hujumchi Karim Benzema bilan shartnomani uzaytirish niyatida, deb yozdi “Sports.ru”. Klub fransiyalik hujumchi bilan 2021 yoki 2022-yilgacha mo‘ljallangan yangi bitim tuzish istagida.

2014-yil “Real” Karim Benzema bilan 2019-yilning iyuliga qadar bo‘lgan shartnoma imzolagan bo‘lib, hujumchining maoshini yiliga 5 million yevrodan 8 milliongacha oshirib bergandi.

Ma’lumot uchun, Benzema joriy mavsum hisobidan Ispaniya chempionatida 15 ta o‘yinda ishtirok etdi va 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, 2 ta golli uzatma berdi.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 95) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют