» » A Seriya. “Yuventus” o‘z uyida “Sassuolo”ni yuta olmadi (video)

A Seriya. “Yuventus” o‘z uyida “Sassuolo”ni yuta olmadi (video)


Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 14-turi doirasida 1-dekabr, yakshanba kuni Mauritsio Sarri qo‘l ostidagi Turinning “Yuventus” klubi o‘z maydonida “Sassuolo”ni qabul qildi.

Uchrashuv davomida “keksa sinyora” vakillari Leonardo Bonuchchi (20) hamda Krishtianu Ronaldu (68, penalti) raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, mehmonlardan Jeremi Boga (22) va Franchesko Kaputo (47) bittadan golga mualliflik qildi.

Shu tariqa Turin klubi o‘z uyida “Sassuolo” bilan durang o‘ynadi va bir ochkoga ega bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, “Yuventus” 36 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda. “Sassuolo” esa 14 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.

A Seriya

14-tur bahsi

1-dekabr, yakshanba

Gollar: 1:0 – 20 Bonuchchi, 1:1 – 22 Boga, 1:2 – 47 Kaputo, 2:2 – 68, penalti Ronaldu.

“Yuventus”: Buffon, Bonuchchi, Aleks Sandro, de Ligt, Bentankur, Kuadrado, Djan (Matyuidi, 54), Pyanich, Bernardeski (Dibala, 53), Iguain (Remzi, 79), Ronaldu

“Sassuolo”: Turati, Tolyan, Romanya, Kiryakopulos, Marlon, Lokatelli, Boga (Peluzo, 90), Traore (Dankan, 62), Manyanelli, Djurichich (Myuldyur, 72), Kaputo

Ogohlantirishlar: Djurichich (39), Lokatelli (65), Tolyan (78), Kiryakopulos (81), Myuldyur (87), Pyanich (88)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-12-2019, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют