» » A Seriya. “Yuventus” safarda Ronaldusiz g‘alabaga erishdi (video)

A Seriya. “Yuventus” safarda Ronaldusiz g‘alabaga erishdi (video)


Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 5-turi doirasida 24-sentabr, seshanba kuni 2 ta o‘yin yakunlandi.

Mauritsio Sarri boshqaruvidagi Turinning “Yuventus” klubi safarda “Breshiya”ni sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuvning 4-daqiqasidayoq mezbon jamoa hujumchisi Alfredo Donnarumma hisobni ochgan bo‘lsa, 40-daqiqaga kelib “Breshiya” himoyachisi Jon Chanselyor avtogol muallifiga aylandi (1:1). 63-daqiqada esa Turin klubi yarim himoyachisi Miralem Pyanich jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Shu tariqa “Yuventus” mehmonda kechgan bahsda “Breshiya” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng turinliklar 13 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida peshqadamga aylandi. “Breshiya” esa 6 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.

A Seriya

5-tur bahslari

24-sentabr, seshanba

Gollar: 1:0 — 4 Donnarumma, 1:1 — 40, avtogol Chanselyor, 1:2 — 63 Pyanich

“Breshiya”: Yoronen, Chanselyor, Sabelli, Mateyu (Martella, 70), Chistana, Dessena, Tonali, Romulo (Ayye, 85), Bizoli, Donnarumma (Matri, 64), Balotelli.

“Yuventus”: Shchensni, Aleks Sandro, Danilo (Kuadrado, 19), de Ligt, Bonuchchi, Rabyo, Pyanich, Hedira, Remzi (Bernardeski, 69), Iguain, Dibala (Matyuidi, 80)

Ogohlantirishlar: Hedira (7), Bonuchchi (41), de Ligt (56), Chistana (79)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2019, 02:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют