» » A Seriya. “Roma”dan gollar shousi, “Milan”da ham g‘alaba (video)

A Seriya. “Roma”dan gollar shousi, “Milan”da ham g‘alaba (video)


15-sentabr, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 3-turi doirasida 6 ta uchrashuv yakunlandi.

Paulu Fonseka qo‘l ostiga o‘tgan Rimning “Roma” klubi “Stadio Olimpiko”da “Sassuolo”ni sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuv davomida Rim klubi a’zolari Brayan Kristante (12), Edin Jeko (19), Genrix Mxitaryan (22), Jastin Klyuyvert (33) tomonidan urilgan gollarga “Sassuolo” jamoasi Domeniko Berardining (53, 72) dubli bilan javob qaytardi.

Shu tariqa “Roma” o‘z maydonida kechgan bahsda “Sassuolo” ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng rimliklarning ochkosi 5 taga yetdi va jamoa 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Sassuolo” esa 3 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.

Shu kuni Marko Jampaolo boshqaruvidagi “Milan” jamoasi mehmonda “Verona”ga qarshi maydonga tushdi.

O‘yinning 65-daqiqasida hakam tomonidan “Verona” darvozasi tomon penalti belgilandi. Undan milanliklar hujumchisi Kshishtof Pyontek unumli foydalanib, hisobni ochdi (1:0). Bahs yakuniga qadar hisob o‘zgarmadi va “Milan” qiyin kechgan uchrashuvda muhim g‘alabaga erishdi.

Qayd etish joiz, to‘qnashuvning 21-daqiqasida mezbon jamoa hujumchisi Mariush Stempinski, 90+3-daqiqada esa Milan klubi himoyachisi Davide Kalabriya to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka bilan jazolandi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Milan” 6 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida 7-pog‘onaga ko‘tarildi. “Verona” esa 4 ochko bilan 11-o‘rinni egallab turibdi.

A Seriya

3-tur bahslari

15-sentabr, yakshanba

Gollar: 0:1 — 64, penalti Muriel, 1:1 — 90, penalti Krishito, 1:2 — 90 Sapata

Gollar: 1:0 — 10 Donnarumma, 2:0 — 19 Donnarumma, 2:1 — 36 Bani, 3:1 — 42 Chistana, 3:2 — 56 Palasio, 3:3 — 60, avtogol Sabelli, 3:4 — 80 Orsolini

Gollar: 0:1 — 23 Cheppitelli, 0:2 — 39 Cheppitelli, 1:2 — 58 Barilla, 1:3 — 77 Simeone

Gollar: 0:1 — 17, penalti Immobile, 1:1 — 63 Petanya, 2:1 — 90 Kurtich

Gollar: 1:0 — 12 Kristante, 2:0 — 19 Jeko, 3:0 — 22 Mxitaryan, 4:0 — 33 Klyuyvert, 4:1 — 53 Berardi, 4:2 — 72 Berardi

Gol: 0:1 — 68, penalti Pyontek

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2019, 02:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют