» » A Seriya. “Napoli” g‘alaba qozondi, “Roma”da esa durang (video)

A Seriya. “Napoli” g‘alaba qozondi, “Roma”da esa durang (video)


5-may, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 35-turi doirasida 6 ta uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

Klaudio Ranyeri boshqaruvidagi Rimning “Roma” klubi safarda “Jenoa” bilan o‘ynadi.

Bellashuvning 82-daqiqasida rimliklar yarim himoyachisi Stefan al-Shaaravi hisobni ochgan bo‘lsa, 90-daqiqaga kelib mezbon jamoa himoyachisi Kristian Romero hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa “Roma” mehmonda kechgan bahsda “Jenoa” bilan durang o‘ynadi (1:1).

Ma’lumot uchun, Rim klubi 59 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. “Jenoa” esa 36 ochko bilan 16-pog‘onani egallagan.

Shu kuni Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi “Napoli” jamoasi “Kalyari”ga qarshi maydonga tushdi.

O‘yin davomida mehmon jamoa a’zosi Leonardo Pavoletti (63) kiritgan golga neapolliklar hujumchilar Dris Mertens (85) hamda Lorenso Insinye (90, penalti) kiritgan gollar bilan javob qaytardi (2:1).

Shu tariqa “Napoli” o‘z maydonida “Kalyari”dan ustun keldi (2:1).

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Napoli” ochkolari sonini 73 taga yetkazib oldi. 12-o‘rinda borayotgan “Kalyari” hisobida esa 40 ochko mavjud.

A Seriya

35-tur bahslari

5-may, yakshanba

Gol: 1:0 — 54 Farias

Gollar: 1:0 — 3 Parolo, 1:1 — 22 Sapata, 1:2 — Kastan, 1:3 — 76, avtogol, Uolles

Gollar: 1:0 — 2 Gazzola, 1:1 — 28, penalti, Kvalyarella, 1:3 — 38 Defrel, 1:3 — 61 Kvalyarella, 2:3 — 67, penalti, Kuchka, 3:3 — 71 Bastoni

Gollar: 0:1 — 8 Sammarko, 0:2 — 36 Paganini, 1:2 — 66 Ferrari, 2:2 — 78 Boga

Gollar: 0:1 — 82 Al-Shaaravi, 1:1 — 82 Romero

Gollar: 0:1 — 63 Pavoletti, 1:1 — 85 Mertens, 2:1 — 90, penalti, Insinye

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2019, 07:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют