» » A Seriya. “Roma” o‘z uyida “Napoli”ga yirik hisobda yutqazib qo‘ydi (video)

A Seriya. “Roma” o‘z uyida “Napoli”ga yirik hisobda yutqazib qo‘ydi (video)


31-mart, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 29-turi doirasida 4 ta uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

Turning markaziy o‘yinlaridan birida “Roma” klubi Karlo Anchelotti boshqaruvidagi “Napoli” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

O‘yinning 2-daqiqasidayoq neapolliklar yetakchisi Arkadiush Milik rimliklar darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 45-daqiqaga kelib Diyego Perotti penaltidan gol urib, hisobni tenglashtirdi (1:1).

50-daqiqada esa Dris Mertens “Napoli”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Bundan tashqari Simone Verdi (55), Amin Yunes (81) ham o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi (4:1).

Shu tariqa “Roma” Klaudio Ranyeri qo‘l ostida ketma-ket ikkinchi bor mag‘lubiyatga uchradi va ochko yo‘qotdi.

A Seriya

29-tur bahslari

Gollar: 1:0 — 8 Jervinyo, 1:1 — 24 Pashalik, 1:2 — 75 Banguera, 1:3 — 90 Banguera

Gol: 0:1 — 13 Vikari

Gollar: 1:0 — 7 Simeone, 1:1 — 34 Baselli

Gollar: 0:1 — 2 Milik, 1:1 — 45 Perotti, 1:2 — 50 Mertens, 1:3 — 55 Verdi, 1:4 — 81 Yunes

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют