» » A Seriya. Klaudio Ranyeri “Roma”dagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi (video)

A Seriya. Klaudio Ranyeri “Roma”dagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi (video)


16-mart, shanba kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 28-turi doirasida 3 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa jadvalida kuchli beshlikdan o‘rin egallagan Klaudio Ranyeri boshqaruvidagi Rimning “Roma” klubi safarda SPALga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 22-daqiqasida mezbon jamoa yarim himoyachisi Muhammad Fares rimliklar darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 53-daqiqaga kelib Diyego Perotti penaltidan unumli foydalanib hisobni tenglashtirdi (1:1). Oradan 7 daqiqa  o‘tib hakam Janluka Rokki “Roma” darvozasi tomon 11 mertlik jarima zarbasi belgiladi va undan Andrea Petanya darvozani aniq nishonga olib jamoasini hisobda olinga olib chiqdi (2:1).

Shu tariqa “bo‘rilar” yangi murabbiy qo‘l ostidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

A Seriya

28-tur bahslari

16-mart, shanba

Gollar: 0:1 — 15, Defrel, 0:2 — 36 Kvalyarella, 1:2 — 38 Boga, 1:3 — 39 Linetti, 1:4 — 46 Prat, 2:4 — 63 Dunkan, 2:5 — 72 Gabbiadini, 3:5 — 90 Xouma

Gollar: 1:0 — 22 Fares, 1:1 — 53, penalti, Perotti, 2:1 — 60, penalti, Petanya

Gollar: 1:0 — 6, avtogol, Pulgar, 1:1 — 29 Poli, 1:2 — 34, penalti, Pulgar, 1:3 — 65 Orsolini, 2:3 — 89 Izso

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 24) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют