» » A Seriya. Dibalaning goli “Yuventus”ga g‘alaba keltirdi (video)

A Seriya. Dibalaning goli “Yuventus”ga g‘alaba keltirdi (video)


23—24-fevral kunlari futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 25-turi doirasida 6 ta  uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

23-fevral, shanba kuni Rimning “Roma” klubi safarda “Frozinone”ga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvning 5-daqiqasida Chiano hisobni ochgan bo‘lsa, 30-daqiqaga kelib Edin Jeko hisobni tenglashtirdi (1:1). Oradan bir daqiqa o‘tib, Lorenso Pellegrini “Roma”ni hisobda oldinga olib chiqdi.

2-bo‘limning 80-daqiqasida esa mezbon jamoa a’zosi Andrea Pinamonti hisobni 2:2 ko‘rinishiga olib keldi. O‘yindagi oxirgi gol 90-daqiqada Edin Jeko tomonidan kiritildi va u uchrashuv qahramoniga aylandi (2:3).

Shu tariqa “bo‘rilar” “Frozinone” klubini qiyinchilik bilan mag‘lub etdi va 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

24-fevral, yakshanba kuni Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi Turinning “Yuventus” klubi mehmonda “Bolonya” jamoasini sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvning 67-daqiqasida Paulo Dibalaning kiritgan goli turinliklarga g‘alaba keltirdi va jamoa navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.

24-fevral, yakshanba kuni

A Seriya

25-tur bahslari

23-fevral, shanba

Gollar: 1:0 — 42 Izzo, 2:0 — 46 Falke

Gollar: 1:0 — 5 Chiano, 1:1 — 30 Jeko, 1:2 — 31 Pellegrini, 2:2 — 80 Pinamonti, 2:3 — 90 Jeko

24-fevral, yakshanba

Gol: 1:0 — 66 Kvalyarella

Gol: 0:1 — 67 Paulo Dibala

Gollar: 1:0 — 43 Peluso, 1:1 — 68 Petanya

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют