» » A Seriya. Yuventus va Milan yana galaba qozondi, Ronaldu hamda Pyontek esa yana gol urdi

A Seriya. Yuventus va Milan yana galaba qozondi, Ronaldu hamda Pyontek esa yana gol urdi


10-fevral, yakshanba kuni futbol boyicha Italiya chempionatining 23-turi doirasida 6 ta oyin yakuniga yetdi.

Musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan Turinning Yuventus klubi safarda Sassuoloni sinovdan otkazdi.

Bellashuvning 23-daqiqasida Sami Hedira hisobni ochgan bolsa, 70-daqiqaga kelib portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu hisobni 2:0 korinishiga olib keldi. Oyinning asosiy vaqti tugashiga 4 daqiqa qolganda 2-golga mualliflik qilgan Krishtianu Ronaldu uzatgan topni Emre Jan raqib darvozasiga joylab qoydi va hisobni yiriklashtirdi (3:0).

Shu tariqa Massimiliano Allegri shogirdlari mehmonda Sassuoloni maglub etdi.

Kunning songgi oyini San Siro stadionida bolib otdi. Unda Jennaro Gattuzo boshqaruvidagi Milan klubi Kalyari bilan bahsga kirishdi.

1-bolimning 13-daqiqasida Kalyari himoyachisi Luka Cheppiteli oz darvozasini ishgol qilib qoydi (1:0). Oradan 9 daqiqa otib Lukas Paketa David Kalabriya uzatmasini golga aylantirdi (2:0).

2-bolimning 63-daqiqasida esa jamoa topurari Kshishtof Pyontek 3-golga mualliflik qildi.

Shu tariqa Milan klubi oz maydonida Kalyarini maglub etib, muhim 3 ochkoga ega boldi. Ayni damda rossonerilar 36 ochko toplagan holda musobaqa jadvalida 4-pogonaga kotarilib oldi.

A Seriya

23-tur bahslari

10-fevral, yakshanba

Gollar: 1:0 17 Destro, 1:1 33 Lerager.

Gollar: 0:1 8 Petanya, 1:1 57 Ilichich, 2:1 79 Banguera.

Gol: 0:1 25 Kiofani.

Gol: 1:0 31 Ayna.

Gol: 0:1 23 Hedira, 0:2 70 Ronaldu, 0:3 86 Jan.

Gollar: 1:0 13, avtogol, Cheppiteli, 2:0 22 Paketa, 3:0 63 Pyontek.

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (11-02-2019, 07:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 3) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -