» » APL. “Liverpul” yirik hisobda g‘alaba qozondi, “Arsenal” esa bazo‘r yutdi (video)

APL. “Liverpul” yirik hisobda g‘alaba qozondi, “Arsenal” esa bazo‘r yutdi (video)


9-fevral, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 26-tur bahslariga start berildi.

Unai Emeri qo‘l ostidagi Londonning “Arsenal” klubi safarda “Haddersfild” mehmoni bo‘ldi.

1-bo‘limning 16-daqiqasida Aleks Ivobi hisobni ochgan bo‘lsa, 44-daqiqaga kelib Aleksandr Lyakazett hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida “to‘pchilar” yarim himoyachisi Sead Kolashinats o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Shu tariqa londonliklar mehmonda kichik hisobda g‘alaba qozondi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Shu kuni Yurgen Klopp boshqaruvidagi “Liverpul” jamoasi “Enfild” stadionida “Bornmut”ni sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuvning 24-daqiqasida Jeyms Milner uzatgan to‘pni Sadio Mane darvozaga kiritgan bo‘lsa, oradan 10 daqiqada o‘tib Jorjinio Veynaldum hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

2-bo‘limning 3-daqiqasida (48) misrlik hujumchi Muhammad Saloh jamoasining 3-goliga mualliflik qildi va hisobni yiriklashtirdi.

Shu tariqa “mersisaydliklar” “Bornmut” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, g‘alaba erishdi.

Ayni damda “qizillar” 65 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalini boshqarib bormoqda.

APL

26-tur bahslari

9-fevral, shanba

Gollar: 1:0 — 65 Gray.

Gollar: 0:1 — 27, penalti, Nobl, 1:1 — 76 Zaha.

Gollar: 0:1 — 16 Ivobi, 0:2 — 44 Lyakazett, 1:2 — 90, avtogol, Kolashinats.

Gollar: 1:0 — 24 Mane, 2:0 — 34 Veynaldum, 3:0 — 48 Saloh.

Gollar: 0:1 — 69 Bamba, 0:2 — 90 Zoxore, 1:2 — 90 Stivens.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-02-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 116) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют