» » A Seriya. “Yuventus” yirik, “Milan” esa ishonchli g‘alabaga erishdi (video)

A Seriya. “Yuventus” yirik, “Milan” esa ishonchli g‘alabaga erishdi (video)


21—22-yanvar kunlari futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 20-tur bahslari doirasida so‘nggi 2 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa jadvalida 4-o‘rinda borayotgan “Milan” jamoasi safarda “Jenoa” mehmoni bo‘ldi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Barcha gollar uchrashuvning 2-bo‘limida urildi. 72-daqiqada Fabio Borini Andrea Konti uzatmasini golga aylantirgan bo‘lsa, 83-daqiqaga kelib milanliklar hujumchisi Suso jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa “Milan” klubi “Jenoa” ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi “Yuventus” klubi o‘z maydonida “Kyevo”ni sinovdan o‘tkazdi.

O‘yinning 13-daqiqasida Duglas Kosta uzoq masofadan kuchli zarb bilan raqib darvozasini ishg‘ol qildi va hisobni ochdi (1:0). 1-bo‘limning so‘nggi daqiqalarida Emre Jan—Duglas Kosta—Paulo Dibala kombinatsiyasi yarim himoyachi Janning goli bilan yakunlandi (2:0). Tomonlar qisqa tanaffusga yo‘l oldi.

2-bo‘limning 84-daqiqasida Daniele Rugani “Kyevo” darvozasiga to‘p kiritib, g‘alabani mustahkamladi (3:0).

Shu tariqa “Yuventus” klubi “Kyevo”ni yirik hisobda mag‘lub etdi va navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.

A Seriya 20-tur bahslaridan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

A Seriya

20-tur bahslari

21-yanvar, dushanba

Gollar: 0:1 – 72 Borini, 0:2 – 83 Suso.

22-yanvar, seshanba

Gollar: 1:0 – 13 Duglas Kosta, 2:0 — 45 Emre Jan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2019, 07:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют