» » “Yuventus” “Milan”ni yirik hisobda mag‘lub etib, Italiya kubogini qo‘lga kiritdi

“Yuventus” “Milan”ni yirik hisobda mag‘lub etib, Italiya kubogini qo‘lga kiritdi


9-may sanasida Italiya kubogi final uchrashuvi o‘tkazildi.

Unda Turinning “Yuventus” jamoasi “Milan”ga qarshi maydonga tushdi. Bellashuvga Rimdagi “Stadio Olimpiko” stadioni mezbonlik qildi. Turinliklar finalda “Milan” darvozasini javobsiz 4 marta ishg‘ol etishga erishdi. “Yuve” himoyachisi Mehdi Benatiya ikkita gol urgan bo‘lsa, yana bir gol Duglas Kosta hisobiga yozildi.

Shuningdek, “Milan” hujumchisi Nikola Kalinich o‘z avtogoli bilan, turinliklarning yirik hisobda g‘alaba qozonishiga hissa qo‘shib yubordi.

Shu tariqa “Yuventus” Italiya kubogini qo‘lga kiritdi.

Italiya kubogi

Final bellashuvi

9-may, chorshanba

“Yuventus” — “Milan” 4:0

Gollar: 1:0 – 56 Benatiya, 2:0 – 61 Duglas Kosta, 3:0 – 64 Benatiya, 4:0 – 76, avtogol Kalinich.

“Yuventus”: Buffon, Kuadrado, Bardzali, Benatiya, Matyuidi, Asamoa, Xedira, Pyanich (Markizio, 87), Duglas Kosta (Bernardeski, 73), Dibala (Iguain, 83), Manjukich.

“Milan”: Donnarumma, Bonuchchi, Rodriges, Kalabriya, Romanoli, Bonaventura, Lokatelli (Montolivo, 80), Chalxano‘g‘lu, Kessie, Suso (Borini, 68), Kutrone (Kalinich, 62).

Ogohlantirishlar: Duglas Kosta (61), Kalabriya (73).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2018, 02:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 112) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют