» » La Liga. Messi va “Barselona” “Leganes”ni taslim qildi (video)

La Liga. Messi va “Barselona” “Leganes”ni taslim qildi (video)


19—20-yanvar kunlari futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 20-tur bahslari doirasida 7 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

19-yanvar, shanba kuni Diyego Simyone qo‘l ostidagi “Atletiko Madrid” klubi “Ueska” mehmoni bo‘ldi. Mazkur o‘yinda madridliklar yirik hisobda g‘alaba qozondi (3:0).

Bellashuvning 31-daqiqasida “Atletiko” himoyachisi Lukas Ernandes raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni ochdi (1:0).

2-bo‘limning 52-daqiqasiga kelib Santyago Arias Antuan Grizmann uzatmasini golga aylantirdi (2:0). 71-daqiqada esa Koke hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Shu tariqa “Atletiko Madrid” safardagi o‘yinda 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

20-yanvar, yakshanba kuni La Liga jadvalida yetakchilik qilayotgan Kataloniyaning “Barselona” klubi “Kamp Nou” stadionida “Leganes” jamoasini sinovdan o‘tkazdi. Mazkur o‘yinda “ko‘k-anor ranglilar” 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvning 32-daqiqasida Usmon Dembele hisobni ochgan bo‘lsa, 57-daqiqaga kelib “Leganes” a’zosi Martin Breytueyt hisobni tenglashtirdi (1:1). 71-daqiqada esa Luis Suares jamoasining 2-goliga mualliflik qildi.

Karles Alenya o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Lionel Messi bellashuvning so‘nggi daqiqalarida raqib darvozasiga gol urib, g‘alabani mustahkamladi (3:1).

La Liga

20-tur bahslari

19-yanvar, shanba

Gollar: 0:1 – 31 Ernandes, 0:2 – 52 Arias, 0:3 – 71 Koke.

Gollar: 1:0 – 40 Araujo, 1:1 – 71 Torres, 1:2 – 84 Rodrigo.

20-yanvar, yakshanba

Gollar: 1:0 – 12 Telio, 1:0 – 36 Garsiya, 1:2 – 44 Dumbiya, 2:2 – 54 Moron, 3:2 – 90 Kanales.

Gollar: 0:1 – 18 Kosta, 1:1 – 71 Ekambi.

Gollar: 1:0 – 22 Komesana, 2:0 – 28 Embarba, 2:1 – 39 Moreno, 2:2 – 82 Joze.

Gollar: 1:0 – 42 Koke, 2:0 – 90 Rojer.

Gollar: 1:0 – 32 Dembele, 1:1 – 58 Breytueyt, 2:1 – 71 Suares, 3:1 – 90 Messi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2019, 03:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 117) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют