» » A Seriya. “Roma” g‘alaba qozondi, bugun “Napoli” va “Inter” o‘ynaydi

A Seriya. “Roma” g‘alaba qozondi, bugun “Napoli” va “Inter” o‘ynaydi


7-fevral, payshanba kuni Italiya A Seriyasining 23-tur bahslariga start berildi.

8-fevral, juma kuni musobaqa jadvalida 4-o‘rinda borayotgan Rimning “Roma” klubi safarda “Kyevo” mehmoni bo‘ldi.

1-bo‘limning 9-daqiqasida Stefan Al-Shaaraviy Stiven NZonzi uztmasini golga aylantirdi. Oradan 9 daqiqa o‘tib, Edin Jeko hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. O‘yindagi so‘nggi gol 51-daqiqada kiritildi. Unga Aleksandr Kolarov mualliflik qildi (3:0).

Shu tariqa Eusebio Di Franchesko shogirdlari raqib darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, g‘alabaga erishdi.

9-fevral, shanba kuni Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi “Napoli” klubi “Fiorentina” maydoniga safar qiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.

Shu kuni musobaqa jadvalida 40 ochko to‘plagan holda 3-o‘rinda borayotgan Milanning “Inter” klubi “Parma” bilan bellashadi. Uchrashuv tungi vaqt bilan 00:30 da start oladi.

10-fevral, yakshanba kuni musobaqa jadvalida yakka peshqadamlik qilayotgan Turinning “Yuventus” klubi “Sassuolo”ni sinovdan o‘tkazadi. Bahsga 22:00 da start beriladi.

Turning so‘nggi o‘yini “San-Siro” stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda Jennaro Gattuzo boshqaruvidagi “Milan” klubi “Kalyari” bilan jang qiladi. To‘qnashuv tungi soat 00:30 da boshlanishi belgilangan.

A Seriya

23-tur bahslari

7-fevral, payshanba

Gol: 1:0 — 42, penalti, Kaysedo.

8-fevral, juma

Gollar: 0:1 — 9 Al-Shaaraviy, 0:2 — 18 Jeko, 0:3 — 51 Kolarov.

9-fevral, shanba

10-fevral, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-02-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют