» » “Roma” va “Yuventus” yirik hisobda yutqazib, Italiya Kubogi yarim finaliga chiqa olmadi (video)

“Roma” va “Yuventus” yirik hisobda yutqazib, Italiya Kubogi yarim finaliga chiqa olmadi (video)


30-yanvar, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya Kubogining 1/4 bahslari doirasida 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Massimiliano Allegri qo‘l ostidagi Turinning “Yuventus” klubi “Atalanta” maydoniga safar qildi.

Bellashuvning 37-daqiqasida mezbon jamoa a’zosi Kastan hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 2 daqiqa o‘tib Duvan Sapata hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 4 daqiqa qolganda Duvan Sapata hisobni yiriklashtirdi va dublga erishdi (3:0).

Shu tariqa turinliklar musobaqadagi yurishini to‘xtatdi.

Rimning “Roma” klubi “Fiorentina” bilan bahs olib bordi.

Uchrashuvning 7, 18, 74-daqiqalarida Federiko Kyeza het-trikka erishgan bo‘lsa, Jovanni Simeone 79 va 89-daqiqalarda rimliklar darvozasini ishg‘ol qilib, dubl qayd etdi. Luis Muriel 33-daqiqada, Marko Benassi esa 66-daqiqada o‘z hisoblariga bittadan gol yozdirib qo‘ydi. “Fiorentina”ning 7 ta goliga “Roma” klubi Aleksandr Kolarovning 28-daqiqada kiritilgan goli bilan javob qaytardi (7:1).

Shu tariqa “Roma” safarda florensiyaliklarga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi va musobaqani tark etdi.

Italiya Kubogi

1/4 final bahslari

30-yanvar, chorshanba

Gollar: 1:0 — 37 Kastan, 2:0 — 39 Sapata, 3:0 — 86 Sapata.

Fiorentina”—“Roma” 7:1

Gollar: 1:0 – 7 Kyeza, 2:0 – 18 Kyeza, 2:1 – 28 Kolarov, 3:1 – 33 Muriel, 4:1 – 66 Benassi, 5:1 – 74 Kyeza, 6:1 – 79 Simeone, 7:1 – 89 Simeone.

Chetlatish: Jeko (72).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют