» » A Seriya. “Inter”da g‘alaba, “Roma”da durang, “Napoli”da esa mag‘lubiyat (video)

A Seriya. “Inter”da g‘alaba, “Roma”da durang, “Napoli”da esa mag‘lubiyat (video)


3-aprel, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 30-turi doirasida 6 ta o‘yin yakunlandi.

Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi “Napoli” safarda “Empoli” bilan o‘ynadi.

Uchrashuvning 28-daqiqasida mezbon jamoa a’zosi Diyego Farias neapolliklar darvozasiga gol urgan bo‘lsa, 44-daqiqaga kelib Pyotr Zelinski hisobni tenglashtirdi (1:1). 53-daqiqada esa Jovanni Di Lorenso gol urdi (2:1). Shu tariqa “Napoli” mehmonda kechgan bahsda “Empoli”ga mag‘lub bo‘ldi va ochko yo‘qotdi.

Musobaqa jadvalida 3-o‘rinda borayotgan Milanning “Inter” jamoasi “Jenoa” mehmoni bo‘ldi.

Bellashuvning 15 va 81-daqiqalarida Milan klubi yarim himoyachisi Roberto Galyardini dublga erishgan bo‘lsa, 40-daqiqada Mauro Ikardi penaltidan raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 54-daqiqada esa Ivan Perishich ham o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi (4:0). Shu tariqa Luchano Spaletti shogirdlari “Jenoa”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu kuni Klaudio Ranyeri boshqaruvidagi Rimning “Roma” klubi o‘z maydonida “Fiorentina” bilan bahsga kirishdi.

O‘yinning 12-daqiqasida mehmon jamoa a’zosi Jerman Petssella hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib Nikolo Zaniolo Jastin Klyuyvert uzatmasini golga aylantirdi (1:1). 51-daqiqa “Fiorentina” yarim himoyachisi Jerson Antonio Mirante darvozasiga gol urdi (2:1). 57-daqiqaga kelib esa Diyego Perotti hisobni tenglashtirdi (2:2). Uchrashuvda g‘olib nomi aniqlanmadi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

A Seriya

30-tur bahslari

3-aprel, chorshanba

Gollar: 1:0 — 28 Farias, 1:1 — 44 Zelinski, 2:1 — 53 Lorenso

Gollar: 1:0 — 13 Pinamonti, 1:1 — 18 Barilla, 2:1 — 45 Valzaniya, 2:2 — 58 Keravolo, 3:2 — 90, penalti, Kiofani

Gollar: 0:1 — 15 Galyardini, 0:2 — 40, penalti, Ikardi, 0:3 — 54 Perishich, 0:4 — 81 Galyardini

Gollar: 0:1 — 12 Petssella, 1:1 — 14 Zaniolo, 1:2 — 51 Jerson, 2:2 — 57 Perotti

Gol: 1:0 — 89, penalti, Petanya

Gollar: 1:0 — 34 Belotti, 2:0 — 45 Belotti, 2:1 — 84 Gabbiadini

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2019, 03:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют