» » A Seriya. “Inter”da mag‘lubiyat, “Milan” va “Roma” esa bugun o‘ynaydi (video)

A Seriya. “Inter”da mag‘lubiyat, “Milan” va “Roma” esa bugun o‘ynaydi (video)


1-mart, juma kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 26-tur bahslariga start berildi.

Turning dastlabki o‘yinida Luchano Spaletti qo‘l ostidagi Milanning “Inter” klubi safarda “Kalyari” mehmoni bo‘ladi.

Uchrashuvning 31-daqiqasida Ivan Perishich o‘z darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, oradan 7 daqiqa o‘tib Lautaro Martines hisobni tenglashtirdi. 1-bo‘limning so‘nggi daqiqalarida (43) Leonardo Pavoletti o‘yindagi oxirgi golni urdi va uchrashuv qahramoniga aylandi (2:1).

Shu tariqa milanliklar mehmonda “Kalyari”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi va 3 ochkodan mahrum bo‘di.

2-mart, shanba kuni musobaqa jadvalida 4-o‘rinda borayotgan Jennaro Gattuzo boshliq “Milan” jamoasi “San Siro”da “Sassuolo”ni sinovdan o‘tkazadi. Bellashuvga 22:00 da start beriladi.

Shu kuni tur markaziy o‘yinlaridan biri Rimda kechadi. Rim derbisida “Latsio” klubi “Roma” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. O‘yin tungi vaqt bilan 00:30 da boshlanishi belgilangan.

Turning so‘nggi bahsida musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan Turinning “Yuventus” klubi mehmonda Karlo Anchelotti boshliq “Napoli” bilan jang qiladi. To‘qnashuv 00:30 da boshlanadi.

A Seriya

26-tur bahslari

1-mart, juma

Gollar: 1:0 — 31, avtogol, Perishich, 2:0 — 38 Martines, 2:1 — 43 Pavoletti

“Kalyari”: Kregno, Srna, Seppiteli, Pisakane, Pellegrini, Farago, Chigarini (Bredarik, 70), Ionita (Padoin, 86), Barella, Pedro (Despodov, 81), Pavoletti

“Inter”: Handanovich, D’Ambrozio, de Very, Shkrinyar, Asamoa (Kandreva, 83), Vesino (Valero, 68), Brozovich (Ranokkia, 87), Politano, Nainggolan, Perishich, Martines

Ogohlantirishlar: Chigarini (8), Pedro (20), Skrinyar (29), Vechino (66), Brozovich (71), Farago (76), Pavoletti (79), Kregno (90).

2-mart, shanba

3-mart, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют