» » A Seriya. Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi “Yuventus” bugun “Frozinone”ni sinovdan o‘tkazadi (anons)

A Seriya. Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi “Yuventus” bugun “Frozinone”ni sinovdan o‘tkazadi (anons)


15-fevral, juma kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 24-tur bahslariga start beriladi.

Turning dastlabki o‘yinida Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi “Yuventus” klubi o‘z maydonida “Frozinone”ni sinovdan o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:30 da boshlanadi.

16-fevral, shanba kuni Jennaro Gattuzo qo‘l ostidagi “Milan” jamoasi safarda “Atalanta” mehmoni bo‘ladi. O‘yin 17-fevral kuniga o‘tar kechasi 00:30 da start oladi.

17-fevral, yakshanba kuni esa 43 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 3-o‘rinda borayotgan “Inter” klubi “Juzeppe Meatssa” stadionida “Sampdoriya” bilan bahsga kirishadi. Bellashuv 22:00 da boshlanishi belgilangan.

Shu kuni Karlo Anchelotti boshliq “Napoli” klubi “Torino” bilan o‘ynaydi. Bahsga tungi vaqt bilan 00:30 da start beriladi.

Turning so‘nggi uchrashuvi 18-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Rimning “Roma” klubi o‘z uyida “Bolonya” bilan kurash olib boradi. O‘yin  00:30 da boshlanadi.

23-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

A Seriya

24-tur bahslari

15-fevral, juma

16-fevral, shanba

17-fevral, yakshanba

18-fevral, dushanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют