“Manchester Siti”—“Arsenal”, “Lester”—“Manchester Yunayted”. APL 25-tur o‘yinlari anonsi
2-fevral, shanba kuni Angliya premyer ligasining 25-tur bahslariga start beriladi.
Maurisio Pochettino boshqaruvidagi Londonning “Tottenhem” klubi “Uembli” stadionida “Nyukasl” bilan bellashadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da boshlanadi.
Londonning boshqa bir klubi “Chelsi” esa o‘z maydonida “Haddersfild”ni sinovdan o‘tkazadi. Uchrashuv 20:00 da start oladi.
3-fevral, yakshanba kuni yangi murabbiy qo‘l ostida hali mag‘lubiyatga uchramagan “Manchester Yunayted” klubi safarda “Lester” bilan bahsga kirishadi. Bellashuvga soat 19:05 da start beriladi.
Turning markaziy o‘yini “Etihad” stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda Xosep Gvardiola boshliq “Manchester Siti” jamoasi Unai Emeri boshqaruvidagi “Arsenal” klubiga qarshi jang qiladi. To‘qnashuv 21:30 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, “shaharliklar” musobaqa jadvalida 2-o‘rinda (56 ochko), “to‘pchilar” esa 4-pog‘onada bormoqda (47 ochko).
4-fevral, dushanba kuni turning so‘nggi uchrashuvi o‘tkaziladi. Unda musobaqa jadvalini boshqarib borayotgan Muhammad Saloh yetakchiligidagi “Liverpul” klubi “Vest Hem”ga qarshi maydonga tushadi. Bahsga tungi vaqt bilan 01:00 da start beriladi.
24-tur bahslaridan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:
APL
25-tur bahslari
2-fevral, shanba
3-fevral, yakshanba
4-fevral, dushanba
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!






- отсутствуют
