» » “Liverpul”—“Arsenal”, “Man Yunayted”—“Bornmut”. APL 20-tur o‘yinlari anonsi

“Liverpul”—“Arsenal”, “Man Yunayted”—“Bornmut”. APL 20-tur o‘yinlari anonsi


29-dekabr, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining  20-tur bahslari boshlanadi.

APL musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan Londonning “Tottenhem” klubi o‘z maydonida “Vulverhempton” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.

Turning markaziy o‘yini “Enfild” stadionida kechadi. Unda APL 1-davrasini chempion sifatida yakunlagan Muhammad Saloh yetakchiligidagi “Liverpul” jamoasi 5-o‘rindagi Londonning “Arsenal” klubi bilan jang qiladi. O‘yinga 22:30 da start beriladi.

30-dekabr, yakshanba kuni Londonning boshqa bir klubi — “Chelsi” esa “Kristal Pelas” mehmoni bo‘ladi. Bellashuv 17:00 da boshlanadi.

Ketma-ket 2 turda mag‘lubiyatga uchragan Xosep Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” safarda “Sauthempton” jamoasini sinovdan o‘tkazadi. Bahs 19:15 da boshlanishi belgilangan.

Turning so‘nggi o‘yini “Manchester Yunayted” va “Bornmut” o‘rtasida kechadi. O‘yin 21:30 da boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, “qizil iblislar”ga yangi murabbiy(Ole-Gunnar Sulsher) tayinlangandan so‘ng, ikki turdan buyon yirik hisobda(5:1, 3:1) g‘alaba qozonib kelmoqda.

APL

20-tur bahslari

29-dekabr, shanba

30-dekabr, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2018, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют