» » APL. “Arsenal”, “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” bugun o‘ynaydi (anons)

APL. “Arsenal”, “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” bugun o‘ynaydi (anons)


29-yanvar, seshanba kuni Angliya chempionatining 24-tur bahslariga start beriladi.

Unai Emeri qo‘l ostidagi Londonning “Arsenal” klubi o‘z uyida “Kardiff” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:45 da boshlanadi.

Musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan “Manchester Siti” “Nyukasl” maydoniga safar qiladi.

Mazkur turda Ole-Gunnar Sulsher boshliq “Manchester Yunayted” klubi esa “Old Trafford” stadionida “Byornli” klubini sinovdan o‘tkazadi. Ikkala o‘yinga ham tungi vaqt bilan 01:00 da start beriladi.

30-yanvar, chorshanba kuni Londonning boshqa bir klubi “Chelsi” “Bornmut” jamoasi bilan bellashadi. Uchrashuv soat 00:45 da start oladi.

Muhammad Saloh yetakchiligidagi “Liverpul” klubi “Lester” bilan bahsga kirishadi.

Jarohatlar girdobida qolgan Maurisio Pochettino boshqaruvidagi “Tottenhem” jamoasi o‘z uyida “Uotford” bilan jang qiladi. O‘yinlar tungi vaqt bilan soat 01:00 da boshlanishi belgilangan.

23-tur bahslaridan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

APL

24-tur bahslari

29-yanvar, seshanba

30-yanvar, chorshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют