» » “Man Siti”—“Liverpul”, “Arsenal”—“Fulhem”. APL 21-tur o‘yinlari anonsi

“Man Siti”—“Liverpul”, “Arsenal”—“Fulhem”. APL 21-tur o‘yinlari anonsi


1-yanvar, seshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 21-tur bahslariga start beriladi.

Avvalgi turda “Liverpul”dan yirik hisobda mag‘lubiyatga uchragan Londonning “Arsenal” klubi o‘ zmaydonida “Fulhem” bilan bellashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.

Londonning boshqa bir jamoasi “Tottenhem” safarda “Kardiff Siti” mehmoni bo‘ladi. O‘yinga 22:30 da start beriladi.

2-yanvar, chorshanba kuni Mauritsio Sarri boshliq “Chelsi” o‘z maydonida “Sauthempton” klubi bilan kurash olib boradi. To‘qnashuv tungi vaqt bilan 00:45 da boshlanadi.

Shu kuni so‘nggi 3 turdan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi “Manchester Yunayted” jamoasi mehmonda “Nyukasl” bilan kurashga kirishadi. O‘yin 01:00 da boshlanishi belgilangan.

Turning so‘nggi va markaziy o‘yini “Ittihod” stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti” jamoasi APLda yaqqol peshqadam bo‘lib turgan Yurgen Klopp boshqaruvidagi “Liverpul” klubi bilan jang qiladi. Bellashuv 01:00 da boshlanadi.

APL

21-tur bahslari

1-yanvar, seshanba

2-yanvar, chorshanba

3-yanvar, payshanba

APLning 20-tur bahslaridan keyin musobaqa jadvalidagi holat:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-01-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют