» » APL. “Arsenal”, “Liverpul” va “Chelsi” bugun o‘ynaydi

APL. “Arsenal”, “Liverpul” va “Chelsi” bugun o‘ynaydi


12-dekabr, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 22-tur bahslariga start beriladi.

Turning ilk o‘yini London derbisi bilan boshlanadi. Unda Unai Emeri qo‘l ostidagi “Arsenal” jamoasi Manuel Pellegrini boshliq “Vest Hem” maydoniga safar qiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 17:30 da boshlanadi.

Mavsumning ikkinchi yarmini omadsiz boshlaganiga qaramay APL musobaqa jadvalida karvonboshi bo‘lib turgan Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” klubi mehmonda “Brayton” jamoasini bilan bahsga kirishadi. Uchrashuvga 20:00 da start beriladi.

Musobaqa jadvalida 4-o‘rinda borayotgan Londonning “Chelsi”si “Stemford Brij” stadionida Rafael Benites boshliq“Nyukasl” klubini qabul qiladi. Bellashuv 22:30 da boshlanishi belgilangan.

13-dekabr, yakshanba kuni turning markaziy o‘yini “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda Maurisio Pochettino boshliq “Tottenhem” klubi 4 turdan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan “Manchester Yunayted” jamaosi bilan jang qiladi. Uchrashuv soat 21:30 da boshlanadi.

Turning so‘nggi o‘yini 14-yanvar kuni o‘tkaziladi. Unda musobaqa jadvalida 2-o‘rinni band etib turgan Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti” o‘z maydonida “Vulverhempton”ni qabul qiladi. Bahsga tunggi vaqt bilan soat 01:00 da start beriladi.

21-turdan keyin APL musobaqa jadvalidagi holat

APL

22-tur bahslari

12-dekabr, shanba

13-dekabr, yakshanba

14-dekabr, dushanba

 Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют