» » A Seriya. Chempion “Yuventus” safarda “Inter”ni mag‘lub eta olmadi, “Roma”da esa g‘alaba (video)

A Seriya. Chempion “Yuventus” safarda “Inter”ni mag‘lub eta olmadi, “Roma”da esa g‘alaba (video)


Futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 34-turi doirasida dastlabki 3 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Klaudio Ranyeri qo‘l ostidagi Rimning “Roma” klubi o‘z maydonida “Kalyari” bilan o‘ynadi.

Uchrashuv davomida Rim klubi futbolchilari Federiko Fasio (5), Xavyer Pastore (8) va Aleksandar Kolarov (86) kiritgan gollar “Roma”ga yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi (3:0).

Mazkur g‘alabadan so‘ng rimliklar ochkolari sonini 58 taga yetkazib, musobaqa jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Kalyari” hisobida esa 40 ochko mavjud va jamoa 11-o‘rinda bormoqda.

Shu kuni turning markaziy o‘yinida muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritgan Turinning “Yuventus” klubi Luchano Spaletti boshliq Milanning “Inter” klubi bilan bahs olib bordi.

Bellashuvning 7-daqiqasida maydon egalari yarim himoyachisi Radja Nainggolan shedevr gol muallifiga aylangan bo‘lsa, 62-daqiqada “keksa sinyora” yetakchisi Krishtianu Ronaldu ham chiroyli tarzda hisobni tenglashtirdi (1:1). Shu tariqa uchrashuvda g‘olib nomi aniqlanmadi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

O‘tgan turdan chempionlikni qo‘lga kiritib bo‘lgan turinliklar durangdan so‘ng 88 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, “neradzurrilar” 62 ochko bilan 3-pog‘onani egallab turibdi.

A Seriya

34-tur bahslari

27-aprel, shanba

Gollar: 0:1 — 17 Payach, 1:1 — Soriano, 2:1 — 82 Orsolini, 3:1 — 90 Sansone

Gollar: 1:0 — 5 Fasio, 2:0 — 8 Pastore, 3:0 — 86 Kolarov

Gollar: 1:0 — 7 Nainggolan, 1:1 — 62 Ronaldu

“Inter”: Samir Handanovich, Danilo D’Ambrozio, Stefan de Vrey, Milan Shkrinyar, Kvadvo Asamoa, Matias Vesino, Marselo Brozovich, Matteo Politano, Radja Nainggolan, Ivan Perishich, Mauro Ikardi

“Yuventus”: Voytsex Shensni, Joau Kanselu, Leonardo Bonuchchi, Jorjio Kyellini, Aleks Sandro, Miralem Pyanich, Blez Matyuidi, Emre Jan, Xuan Kuadrado, Federiko Bernardeski, Krishtianu Ronaldu

Ogohlantirishlar: Kuadrado (40), Perishich (44), Kyellini (45), Kin (90)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2019, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют