» » A Seriya. “Roma” Rim derbisida tiz cho‘ktirildi, “Milan” esa yana g‘alaba qozondi (video)

A Seriya. “Roma” Rim derbisida tiz cho‘ktirildi, “Milan” esa yana g‘alaba qozondi (video)


2-mart, shanba kuni futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 26-turi doirasida 3 ta o‘yin nihoyasiga yetdi.

Musobaqa jadvalida 4-o‘rinda borayotgan Jennaro Gattuzo boshliq “Milan” jamoasi “San Siro”da “Sassuolo”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvning 35-daqiqasida mehmon jamoa himoyachisi Pol Lirola o‘z darvozasini ishg‘ol qildi va o‘yin yakuniga qadar hisob o‘zgarmadi (1:0).

Shu tariqa milanliklar o‘z maydonida kechgan bahsda kichik hisobda g‘alaba qozonib, 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Shu kuni tur markaziy o‘yinlaridan biri Rimda kechdi. Rim derbisida “Latsio” jamoasi “Roma” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvda Felipe Kaysedo (12), Chiro Immobile (73), Danilo Kataldi (89) tomonidan kiritilgan gollar “Latsio” klubiga g‘alaba keltirdi va Simone Inzagi shogirdlari muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

A Seriya

26-tur bahslari

2-mart, shanba

Gollar: 0:1 — 13 Jervinyo, 1:1 — 19 Dell’Orko, 1:2 — 45 Rigoni, 2:2 — 59 Kaputo, 2:3 — 82 Alvesh, 3:3 — 90 Silvestre

Gol: 1:0 — 35, avtogol, Lirola

Gollar: 1:0 — 12 Kaysedo, 2:0 — 73 Immobile, 3:0 — 89 Kataldi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2019, 04:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют