» » A Seriya. “Yuventus” “Fiorentina”ni mag‘lub etib, muddatidan avval chempionga aylandi (video)

A Seriya. “Yuventus” “Fiorentina”ni mag‘lub etib, muddatidan avval chempionga aylandi (video)


20-aprel, shanba kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 33-turi doirasida 8 ta uchrashuv yakunlandi.

Turning ilk o‘yinida Jennaro Gattuzo boshliq “Milan” jamoasi mehmonda “Parma” bilan o‘ynadi.

Bellashuvning 69-daqiqasida “rossonerilar” a’zosi Samu Kastilyexo hisobni ochgan bo‘lsa, 87-daqiqaga kelib “Parma” himoyachisi Brunu Alvesh hisobni tenglashtirdi (1:1).

Shu tariqa milanliklar mehmonda kechgan bahsda “Parma” bilan durang o‘ynadi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Shu kuni musobaqa jadvalida yaqqol peshqadamlik qilayotgan Turinning “Yuventus” klubi o‘z mayonida “Fiorentina” bilan jang qildi.

O‘yinning 6-daqiqasidayoq mehmon jamoa himoyachisi Nikola Milenkovich hisobni ochdi (1:0). 37-daqiqaga kelib esa “keksa sinyora” a’zosi Aleks Sandro hisobni tenglashtirdi (1:1). 53-daqiqada “Fiorentina” o‘yinchisi Jerman Petsella avtogol muallifiga aylandi (2:1). Natijada turinliklar o‘z maydonida “Fiorentina”ni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi (2:1).

Qayd etish joiz, Yuventus” g‘alaba qozonib, ketma-ket 8 bor, umumiy hisobda esa 35 marta Italiya chempioniga aylandi.

A Seriya

33-tur bahslari

20-aprel, shanba

Gollar: 0:1 — 69 Kastilyexo, 1:1 — 87 Alvesh

Gollar: 1:0 — 54, avtogol, Tonelli, 2:0 — 69 Pulgar, 3:0 — 83 Orsolini

Gollar: 0:1 — 31 Sensi, 1:1 — 80 Lirola

Gollar: 0:1 — 49 Vinyato, 0:2 — 51 Hetemay, 1:2 — 67 Kaysedo

Gol: 0:1 — 58 Ansaldi

Gollar: 1:0 — 22 Kaputo, 1:1 — 38, penalti, Petanya, 1:2 — 44 Flokkari, 2:2 — 47 Traore, 2:3 — 61 Petanya, 2:4 — 88 Antenuchchi

Gol: 1:0 — 27, penalti, Pedro

Gollar: 0:1 — 6 Milenkovich, 1:1 — 37 Sandro, 2:1 — 53, avtogol, Petsella

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2019, 00:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 118) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют