» » “Inter” o‘z maydonida g‘alaba qozonib, A Seriyada peshqadamga aylandi

“Inter” o‘z maydonida g‘alaba qozonib, A Seriyada peshqadamga aylandi


Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 14-turi doirasida 1-dekabr, yakshanba kuni navbatdagi 3 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Antonio Konte boshqaruvidagi Milanning “Inter” jamoasi “Juzeppe Meatssa” stadionida SPALni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvning 16 hamda 41-daqiqalarida neradzurrilar hujumchisi Lautaro Martines ikki bor raqib darvozasiga gol urgan bo‘lsa, 50-daqiqaga kelib mehmon jamoa yarim himoyachisi Mattia Valoti o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa milanliklar o‘z maydonida kechgan bahsda SPALni 2:1 hisobida mag‘lub etdi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Inter” ochkolari sonini 37 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi. SPAL esa 9 ochko bilan 19-o‘rinda bormoqda.

Shu kuni Stefano Pioli qo‘l ostidagi “Milan” mehmonda “Parma” bilan bahsga kirishdi.

Bellashuvdagi yagona gol 88-daqiqa urildi. Unga Milan klubi himoyachisi Teo Ernandes mualliflik qildi.

Natijada “Milan” yagona gol evaziga g‘alaba qozondi va 3 ochkoni qo‘lga kiritdi (1:0).

Qayd etish joiz, “Milan” 17 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida 11-pog‘onani band qilib turibdi. “Parma” esa 18 ochko yig‘ib 9-o‘rinda bormoqda.

A Seriya

14-tur bahsi

1-dekabr, yakshanba

Gollar: 1:0 — 16 Martines, 2:0 — 41 Martines, 2:1 — 50 Valoti

Gollar: 1:0 — 9 Immobile, 2:0 — 36, penalti Immobile, 3:0 — 45, penalti Luis

Gol: 0:1 88 Teo

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-12-2019, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют