» » “Inter” mehmonda zafar quchib, A Seriya peshqadamiga aylandi

“Inter” mehmonda zafar quchib, A Seriya peshqadamiga aylandi


Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 10-turi doirasida 29-oktabr, seshanba kuni dastlabki 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Antonio Konte boshliq Milanning “Inter” jamoasi mehmonda “Breshiya”ga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvning 23-daqiqasida “neradzurrilar” hujumchisi Lautaro Martines hisobni ochgan bo‘lsa, 63-daqiqaga kelib belgiyalik Romelu Lukaku Roberto Galyardini uzatmasini golga aylantirdi (2:0). 76-daqiqada esa Milan klubi himoyachisi Milan Shkrinyar avtogol muallifiga aylandi.

Natijada “Inter” safarda “Breshiya” ustidan kichik hisobda zafar quchdi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Inter” ochkolari sonini 25 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi. “Breshiya” esa 7 ochko bilan 18-o‘rinni egallab turibdi.

A Seriya

10-tur bahslari

29-oktabr, seshanba

Gol: 0:1 — 10 Lazovich

Gollar: 0:1 — 23 Martines, 0:2 — 63 Lukaku, 1:2 — 76, avtogol Shkrinyar

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2019, 04:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют