» » A Seriya. “Yuventus” safarda, “Inter” esa o‘z maydonida g‘alaba qozona olmadi (video)

A Seriya. “Yuventus” safarda, “Inter” esa o‘z maydonida g‘alaba qozona olmadi (video)


Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 9-turi doirasida 26-oktabr, shanba kuni navbatdagi 2 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Mauritsio Sarri qo‘l ostidagi Turinning “Yuventus” klubi safarda “Lechche”ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 50-daqiqasida “keksa sinyora” hujumchisi Paulo Dibala 11 metrlik jarima zarbasidan hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 6 daqiqa o‘tib mezbon jamoa yarim himoyachisi Marko Mankozu ham penaltidan Voychex Shchensni qo‘riqlayotgan darvozani aniq nishonga olib hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa o‘yin 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Qayd etish joiz, Turin klubi 23 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Lechche” esa 8 ochko bilan 16-o‘rinni egallab turibdi.

Shu kuni Antonio Konte boshliq Milanning “Inter” jamoasi o‘z maydonida “Parma” klubini qabul qildi.

O‘yin davomida “neradzurrilar” a’zolari Antonio Kandreva (23) hamda Romelu Lukaku (51) bittadan golga mualliflik qilgan bo‘lsa, mehmonlardan Yann Karamo (26) va Jervinyo (30) o‘z hisobiga bittadan golni rasmiylashtirib qo‘ydi.

Natijada milanliklar o‘z uyida kechgan bahsda “Parma” bilan 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Ma’lumot uchun, “Inter” 22 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinni band qilib turibdi. “Parma” esa 13 ochko yig‘ib 7-o‘rindan joy oldi.

A Seriya

9-tur bahslari

26-oktabr, shanba

Gollar: 0:1 — 50, penalti Dibala, 1:1 — 56, penalti Mankozu

Gollar: 1:0 — 23 Kandreva, 1:1 — 26 Karamo, 1:2 — 30 Jervinyo, 2:2 — 51 Lukaku

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2019, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют