» » O‘zbekiston IIV YHXBB yangi rahbari Toshkent viloyatidagi xodimlari bilan muloqot qildi (foto)

O‘zbekiston IIV YHXBB yangi rahbari Toshkent viloyatidagi xodimlari bilan muloqot qildi (foto)


1-dekabr, yakshanba kuni O‘zbekiston Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, general-mayor Aziz Ikromov Toshkent shahar IIBB YHXB YPX Brigadasida Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Toshkent viloyati YHXB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Bu uchrashuvda xizmatga oid turli fikr-mulohazalar va ishni yaxshilash yuzasidan topshiriqlar berildi. Navbatdagi ana shunday uchrashuv Toshkent viloyati Ichki ishlar Bosh boshqarmasining yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida bo‘lib o‘tdi. Bu safar O‘zbekiston IIV YHX Bosh boshqarmasining yangi rahbari, polkovnik Olim Saidov viloyatda xizmat olib borayotgan xodimlari bilan tanishib, ular bilan muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimlari ishtirok etdi.

Bosh boshqarma boshlig‘i, polkovnik Olim Saidov viloyat YHXB xodimlari bilan umumiy tarzda va yakka tartibda suhbat o‘tkazdi. Xodimlarga oldilariga qo‘yilgan vazifalar ko‘lami haqida gapirdi.

Shuningdek, u xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishdi. Xodimlarning maxsus kiyim-boshlariga, orastaliklariga ham e’tibor qaratib, o‘zining tanqidiy fikrlarini bildirdi. O‘rta bo‘g‘in rahbarlar, saf bo‘linmalari komandirlari zimmasidagi vazifalarni, ularning oldiga qo‘yiladigan vazifalarni atroflicha tushuntirib, komandirlar bilan suhbatlashdi.

Shundan so‘ng polkovnik Olim Saidov va viloyat rahbarlari xodimlarning oilaviy sharoiti bilan tanishish maqsadida viloyatning Ohangaron tumanida istiqomat qiluvchi, Toshkent viloyati IIBB ikkinchi mintaqaviy hudud Ohangaron shahar IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmasi YPX inspektori safdor Laziz Sharopovning xonadoniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida YHXBB boshlig‘i xodimning oila a’zolari bilan suhbat o‘tkazdi.

O‘zbekiston IIV YHX Bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Olim Saidov Toshkent viloyati IIBB YHXBda amalga oshirilishi rejalashtirilgan bir qator loyihalar bilan ham tanishdi hamda ular yuzasidan o‘zining fikr-mulohazalarini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-12-2019, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют