» » Foto: Toshkent ko‘chalarida ayol haydovchilarga gul ulashayotgan YHXB xodimlari

Foto: Toshkent ko‘chalarida ayol haydovchilarga gul ulashayotgan YHXB xodimlari


Xalqaro xotin-qizlar kuni Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari nafaqat huquqbuzarlarni to‘xtatish, balki ayol haydovchilarni bayram bilan tabriklash uchun ham ko‘chalarga chiqdi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.

“Statistikaga ko‘ra, avtomobil boshqarayotgan ayollar yo‘lda mas’uliyatliroq, ehtiyotkorroq va hushyorroq bo‘ladi. Ular kamdan-kam yo‘l-transport hodisasi qatnashchisiga aylanadi. Ajoyib bahor bayramida xodimlarimiz ularni qutlash va gullar taqdim etishga qaror qildi”, — deya ma’lum qildi boshqarma matbuot xizmati.

YHXB xodimlari ayol haydovchilarni hujjatlarni tekshirish bahonasida to‘xtatib, so‘ng ularni bayram bilan tabrikladi va gullar taqdim etdi.

Ayollar bunday “syurpriz”ni kutmaganlarini bildirib, mamnunliklarini yashirmadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-03-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют