» » Oliy ta’lim vazirligi talabalarning qishki ta’tili bo‘yicha ma’lumot berdi

Oliy ta’lim vazirligi talabalarning qishki ta’tili bo‘yicha ma’lumot berdi


Internet tarmog‘ida oliy o‘quv yurtlari talabalarining qishki ta’til kunlari to‘g‘risida turli ma’lumotlar berilmoqda. Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalari va akademik litsey, professional hamda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilarining qishki ta’til kunlarini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha hujjat loyihasi tayyorlangan.

Vazirlikning qayd etishicha, mazkur masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilingach, ta’til kunlari haqida qo‘shimcha axborot beriladi.

Avvalroq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekistonda 22-dekabrda o‘tkaziladigan saylov munosabati bilan talabalarning qishki ta’til muddati o‘zgarishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Talabalar o‘zi doimiy ro‘yxatdan o‘tgan yashash joyida ovoz berishlari uchun 2019/2020-o‘quv yili qishki ta’til davri 2019-yil 20-dekabrdan 2020-yil 6-yanvargacha etib belgilanishi kutilayotgani ma’lum qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2019, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют