» » O‘zbekistonda “Qozog‘iston ta’lim kunlari” o‘tkaziladi

O‘zbekistonda “Qozog‘iston ta’lim kunlari” o‘tkaziladi


2019-yilda O‘zbekistonda Qozog‘iston yili deb e’lon qilinishi munosabati bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida “Qozog‘iston ta’lim kunlari” deb nomlangan ko‘rgazmalar tashkil etiladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

“Qozog‘iston ta’lim kunlari” ko‘rgazmalari shu yilning 10—21-may kunlari Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi va Nukus shaharlarida bo‘lib o‘tadi:

Ko‘rgazmalar soat 10:00 dan 17:00 gacha faoliyat ko‘rsatadi. Ularda Qozog‘istonning 40 dan ortiq OTM vakillari ishtirok etadi.

Tadbirlarda Qozog‘istonning oliy ta’lim bo‘yicha imkoniyatlari namoyish etilib, mamlakatning yetakchi ekspertlari tomonidan taqdimotlar o‘tkaziladi.

Ko‘rgazmalarga kirish bepul, unda barcha xohlovchilar qatnashishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют