» » Qibraydagi bolalar bog‘chasida 180 mln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotining talon-toroj qilingani aniqlandi

Qibraydagi bolalar bog‘chasida 180 mln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotining talon-toroj qilingani aniqlandi


O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan Qibray tumani 25-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura tomonidan xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, tekshiruvda Qibray tumani 25-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida 180,4 million so‘mlik oziq-ovqat mahsuloti o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Xususan, muassasa omboridagi mahsulotlar sanoqdan o‘tkazilganda 33 turdagi 21,6 million so‘mlik oziq-ovqat mahsuloti kamomadi aniqlangan.

Bundan tashqari, 2018—2019-yillar davomida 4,1 tonna 134,7 millon so‘mlik go‘sht hamda 24 million so‘mlik 7,9 ming litr sut mahsulotlari tashkilot tarbiyalanuvchilarga berilmasdan o‘zlashtirib yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2019-yil 19-noyabrda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Qibray tumani bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha tuman prokuraturasiga yuborilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyati MTB boshlig‘ining 27-noyabrdagi buyrug‘iga asosan mazkur maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi Z.S. egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-12-2019, 04:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют